Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun - prezidentlarning antiqa surati e’lon qilindi

Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari Olma-Ota shahrining 20-yillik yubileyini nishonlash uchun Qozog‘istonda yig‘ildilar
Sputnik

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Akordaning Instagramdagi rasmiy sahifasida Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining antiqa suratlari chop etildi.

 

Unda Nursulton Nazarboyev, Sooronboy Jeenbekov, Emomali Rahmona va Shavkat Mirziyoyev birgalikda qo‘l ushlashib turishibdi.

Fotosurat tagida qoldirilgan izohda Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari Olma-Ota shahrining 20-yillik yubileyini nishonlash uchun Qozog‘istonda yig‘ilganliklari aytilgan.

Suratning orqa fonida — prezidentlarning orqasida Bayterek monumenti aks etib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq davlat rahbarlari "Ostona" Xalqaro moliya markazining ochilish marosimida ishtirok etishgan edi.