O‘zbekistonda xususiy kompaniyalarga fuqarolarni chet elga ishga jo‘natish huquqi berildi

2018 yil 1-sentabrdan O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish huquqiga ega bo‘ldi
Sputnik

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Joriy yil 1-sentabrdan O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish huquqiga ega bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Mirziyoyevdan yordam so‘ragan migrantlar haqida yangi faktlar ma’lum bo‘ldi
Shuningdek, ular O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida akkreditatsiyadan o‘tish asosida, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini, jumladan, kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish va xorijiy tillarni bilish darajasini tasdiqlash borasidagi faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining litsenziyalar berish va akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish, zarur hujjatlarni tayyorlash funksiyalarini bajaruvchi ishchi organi etib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir oy muddatda:

Mehnat migrantlari necha kishini boqadi?
O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni;

Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakalarini tasdiqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni;

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkillashtirilgan tarzda yig‘ish tartibi to‘g‘risidagi nizomni;

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining yangilangan nizomini tasdiqlash bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilangan.