Yaponiyada Soko Asaxara va uning safdoshlari dorga tortildi

Asaxara va Xayakavadan tashqari, tashkilotning yana besh rahbari dorga osilgan - Seyiti Endo, Tomomitsu Niimi, Masami Sutiya, Tomomasa Nakagava va Yosixiro Inoue
Sputnik

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik, Kseniya Naka. Yaponiyada juma kuni "Aum Sinrike" diniy sektasining sobiq rahbari Soko Asaxara dorga tortildi, deb xabar berdi NHK telekompaniyasi.

Shuningdek, o‘lim hukmi sektaning yettita rahbariga nisbatan ijro etilgan. Sektaning sobiq "harbiy vaziri" Kiyoxide Xayakavaga nisbatan ham o‘lim hukmi ijro qilingan.

Yaponiya va cyenegallik futbol muxlislari barchani hayratda qoldirishdi
Xayakava 1993-yilda Yaponiyadagi zarin ishlab chiqaruvchi zavod qurilishida bo‘linmalarning birida rahbarlik qilgan.

1990-yillar boshida Xayakava tashkilotning Rossiyadagi bo‘linmasiga tez-tez borib turar, va aynan u Kalashnikov avtomati va Mi-8 vertoletlarini xarid qilish hamda Yaponiyaga yetkazish bilan shug‘ullangan.

Asaxara va Xayakavadan tashqari, tashkilotning yana besh rahbari dorga osilgan — Seyiti Endo, Tomomitsu Niimi, Masami Sutiya, Tomomasa Nakagava va Yosixiro Inoue.

Jinoiy sekta

"Aum Sinrikyo"* sektasi ("AUM chin ta’limoti"*) Soko Asaxara (Tidzuo Matsumoto) tomonidan 1987-yilda tashkil qilingan. A’zolari soni, turli ma’lumotlarga ko‘ra 30 mingdan 50 minggacha bo‘lgan, ular orasida 10 mingdan ziyodi — Rossiyada joylashgan.
1994 yilda sekta tarafdorlari Nagano prefekturasida, Matsumoto shahrida zarin gazini purkaganlar, yetti kishi halok bo‘lgan. 1995-yilning martida sektantlar zarinni Tokio metrosida purkashi oqibatida, 13 kishi halok bo‘lgan, 6,3 ming nafari zaharlangan.

Sud va hukm

Tashkilotning jami 30 rahbari hibsga olingan, shulardan 13 nafari, shu jumladan Soko Asaxara ham o‘limga mahkum etilgan. Hukm shu kunga qadar ijro etilmagan edi.

Buning sababi shundaki, uch yetakchi yashirinishga muvaffaq bo‘lgan va politsiya ularni topishdan, prokuratura esa — ayblov qo‘yishdan umidini uzmagan edi. Oradan 17-yil o‘tgach, ular hibsga olindi, 2015-yilda esa sekta rahbariyatiga nisbatan so‘nggi hukm e’lon qilingan edi.

O‘tgan yilning bahorida hukm etilganlar turli qamoqlarga bo‘lib tashlangan edi. Bu esa hukmning ijro etilishini anglatardi. Soko Asaxara Tokioda qoldiriladi va o‘sha yerda dorga tortiladi. Oxirgi yillarda u demensiyadan aziyat chekkan, shu bois undan aniq ko‘rsatmalar olishga muvaffaq bo‘linmadi, mahbus oilasi va advokatlari bilan uchrashuvdan voz kechar edi.