TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Toshkentda xalqaro innovatsion markaz Delta city quriladi. Bu haqda 4-iyundagi prezident qarorida aytilgan.
Toshkentda quriladigan Xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markaz Hi-Tech City nomi o‘zgardi. Endilikda markaz Delta City deb nomlanadi.
Markaz Iftixor, Amir Temur, Kichik halqa va Sandiqqo‘rg‘on ko‘chalari bilan chegaralanadigan hamda "O‘zekspomarkaz", Xalqaro biznes-markaz va "Interservis" yer maydonlarini qamrab oluvchi hududda barpo etilmoqchi.
Qarorga ko‘ra, markaz rahbariyati va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bo‘lg‘usi markaz hududida buziladigan turar joy, noturar joy binolari va inshootlarining inventarizatsiyasini o‘tkazishgan va bu hududda yashovchi oilalar ro‘yxatini tuzishgan.