O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Instagramda ro‘yxatdan o‘tdi

5 iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Instagramda shaxsiy akkaunt ochdi
Sputnik

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Instagram foydalanuvchilari vazir Kamilovning ish faoliyati, uchrashuvlari va muzokaralari to‘g‘risida tezkor fotoxabarlarni olish uchun endilikda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri akkauntiga a’zo bo‘lishlari mumkin. 

 

5 iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov "Instagram" tarmog‘ida shaxsiy sahifasini ochdi.

Ayni vaqtda ushbu sahifada O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi yangi binosining surati joylashtirilgan.