Sayyohlar uchun elektron viza berish tartibi joriy etildi

Sayyohlar uchun 30 kunga elektron viza berish tartibi joriy etildi.
Sputnik

TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar qulayligi uchun elektron vizaar joriy etiladi. Bu haqida prezidentining 4-iyulda imzolangan “Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasiga kirish tartiblarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida aytib o‘tilgan.

O‘zbekistonda turistlar uchun maxsus plastik kartalar chiqariladi

2018 yilning 15-iyulidan boshlab E-visa.uz sayti orqali xorijiy sayyohlargi elektron viza berish tartibi joriy etiladi. Bundan buyon O‘zbekistonga sayyohlik maqsadida kelishni istagan fuqarolar viza olish uchun dipolmatik vakolatxonaga murojaat qilishlari kerak bo‘lmaydi.

Elektron viza sayyohlik maqsadida O‘zbekistonga kelayotgan fuqarolarga 30 kun davomida O‘zbekistonda bo‘lish huquqini beradi. Vizadan olingan boshlab 90 ichida foydalanish mumkin bo‘ladi.

Sayt orqali yuborilgan murojaatlar 2 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Elektron viza xizmati uchun 20 $ to‘lov olinadi.

Undan tashqari prezidentning ushbu qarorida O‘zbekiston xalqaro aeroportlari orqali uchayotgan quyidagi 101 mamlakat fuqarolari uchun 5 kungacha vizasiz tartibda O‘zbekiston hududida qolish huquqi berildi.

Sayyohlar uchun elektron viza berish tartibi joriy etildi