Abdulaziz Kamilov AQSh elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda ikki tomonlama bo‘lajak tadbirlar muddatlari va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.
Sputnik

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. 2018-yil 3-iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlari Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Suhbat davomida O‘zbekiston-AQSh munosabatlarining joriy masalalari, shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 15-17 kunlari AQShga rasmiy tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi-nazaridan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama bo‘lajak taddirlar muddatlari va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.