O‘zbekiston qimmatbaho avtomobillarni boj to‘lovisiz olib kirishga ruxsat beradi

Narxi 40 ming dollarga teng bo‘lgan yengil avtomobillarni 2019-yilning 1-yanvaridan bojxona to‘lovlarisiz olib kirish mumkin bo‘ladi
Sputnik

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Ishlab chiqarilganiga ikki yildan ko‘p bo‘lmagan va narxi 40 ming dollarga teng bo‘lgan yengil avtomobillarni 2019-yilning 1-yanvaridan bojxona to‘lovlarisiz olib kirish mumkin bo‘ladi.

Bu haqida Shavkat Mirziyoyev imzolagan Tashqi iqtisodiy faoliyatni va bojxona-tarif tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida" gi qarorining ilovasida aytilgan.

Yangi huquqiy hujjatda aytilishiga ko‘ra, 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekistonga olib kelinayotgan 700dan ortiq mahsulotlar uchun yangi boj stavkalari kamaytirilgan.

Xususan, faqat elektr quvvati bilan harakatlanadigan transport vositalari uchun, TN VED kodi 870380, boj stavkasi "0" miqdorida belgilangan.

Ayni damda amal qilayotgan bojxona tarifida ushbu kodga doir mahsulotlar uchun stavkalar keltirilmagan. Yangi bojxona stavkalarini muhokama qilish vaqtida elektromobillar uchun 10% stavka qo‘yish taklif qilingan edi, lekin yakuniy hujjatda bu taklif inobatga olinmagan.