So‘m qadri oshmoqda: O‘zbekistonda dollar kursi yana pasaydi

O‘tgan haftada dollar qiymati 7 871,66 so‘m bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 3-iyul kunidan boshlab yangi qiymati belgilandi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 25,39 so‘mga kamayib, 7 846,27 so‘m tashkil qildi.

Yevro kursi esa 7,62 so‘mga pasayib, 9 166,80 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 0,04 so‘mga arzonlab, 125.06 so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.