Moskva-Xo‘jand yo‘nalishida pavroz qilgan samolyot Domodedovoga favqulodda qo‘ndi

Camolot Moskva vaqti bilan 01:03da uchib chiqqandan so‘ng bir necha soat davomida Razan va Moskva viloyatlari atrofida aylangan.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Tajik Air aviakompaniyasining Moskvadan Xo‘jandga aviaparvozni amalga oshirayotgan havo layneri shoshilinch tarzda Domodedovo aeroportiga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Flightradar24 portali ma’lumotlar qayd etildi.

Unga ko‘ra Tajik Air aviakompaniyasining Boeing 737-300 samolyoti Moskva vaqti bilan 01:03 da uchgan. Samolyot bir necha soat davomitda Kolomna va Voskresensk hududida aylangan, shundan so‘ng Moskva vaqti bilan 04:18 da aeroportga qo‘ngan.

Bir qator OAVlarga ma’lumotlariga ko‘ra, samolyotda yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli Domodedovo aeroportiga favqulodda qo‘nishga qaror qilgan.