Kaliningradda o‘zbek soldati 73-yil oldin yo‘qotgan qoshiq topildi

Qoshiq egasi Kaliningrad uchun bo‘lgan janglarda ishtirok etgan va tirik qolgan bo‘lish ehtimoli katta, - deyishmoqda qidiruvchilar.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik, Galina Naumova. Kaliningradda Nikolay Kisil boshchiligidagi Ikinchi jahon urushi jang maydonlarida qidirish ishlari olib bordigan ko‘ngilli qidiruvchilar otradi o‘zbek soldati 73-yil oldin yo‘qotgan qoshiqni topildi.

Ular ushbu buyumni askarning qarindoshlariga berishmoqchi.

Qizig‘i shundaki, ushbu qoshiqda askarning ismi va familiyasi hamda manzili to‘liq yozilgan.

“Bu juda noyob topilma. Oldin hech bir qidiruvchiga bunaqasi uchramagan. Bunday kichik buyumga shuncha ma’lumotni qanday qilib sig‘dirish mumkin. Biz ushbu qoshiqning egasi Jaynak Xolmatovni va uning yaqinlarini topib qoshiqni askarning oilasiga berishga tayyormiz”, — deydi Kisil.

Ushbu topilma Tropinino nomli aholi punkti yonida topilgan. Bu yerda 1945-yilning mart oyida o‘ta og‘ir janglar bo‘lib o‘tgan. Bu joy muhim transport tuguni bo‘lgani uchun nemislar uni juda kuchli himoya qilishgan. Sovet askarlari bu yerni olish uchun kamida ikki oy kurashgan. Janglarda 4 mingdan ortiq nemis askarlari yo‘q qilingan, 6 tank, 600 to‘plar, 30 minomet va 128ta pulemot o‘lja olingan.

Imennaya lojka uchastnika VOV Jaynaka Xalmatova

Qidiruvchilar otradi rahbari aytishiga qaraganda, dom-daraksiz yo‘qolgan askarlarni qidirish o‘ta mushkul ish. Faqatgina uning yonida orden va medallari bo‘lsa, ularning nomeriga qarab askarning ismi familiyasini bilib olish mumkin.

Qidiruvchilar otradi Patidorojnoe aholi punkti yonida bir necha dom-daraksiz yo‘qolgan askarlar jasadlarini topishgan. Ularning ikki nafarini ismi familiyasi aniqlangan: askarlar Kamash Bekmuxambetov va Vasiliy Xobotov. Ularning qoldiqlari qarindoshlari yoniga Qozog‘iston va Belarusga jo‘natilgan.

Belorussiyada urushda bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik askarlar jasadi topildi

Ekspeditsiya davomida topilgan buyumlar orasida ushbu qoshiq ham topilgan. Unda dastlab faqat “Samarqand” va “Xalmatov” nomli yozuvlar ko‘zga tashlangan. Yaxshilab tozalanganidan keyin esa “Samarqand viloyati, Poyariq rayon, Burkut posolkasi”  degan yozuv ko‘ringan.

Yozuvni o‘qishda qidiruvchilar rahbari Nikolay Kisil yordam bergan, chunki uning o‘zi O‘zbekistonda 38-yil yashagan va joylar nomlari bilan tanish.

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ma’lumotga asosan, qurbonlar orasida Jaynak Xalmatovning ismi yo‘q, demak u urushda tirik qolgan bo‘lishi ehtimoli katta.

“Ayni damda biz askarning ushbu buyumini qaytarish maqsadida O‘zbekistondan Jaynak Xalmatovning yaqinlarini qidirmoqdamiz. Biz Kaliningrad uchun janglarda o‘z yaqinlarini bedarak yo‘qotgan o‘zbekistonliklarga yordam berishga tayyormiz”, — deyishadi qidiruvchilar.

Kaliningrad viloyatida qidiruvchilar otradlari 20-yildan beri faoliyat olib boradi. Bugungi kunda ularning soni 136 kishiga yetgan.

Uchastniki obshestvennoy organizatsii "Poiskovoe dvijenie Kaliningradskoy oblasti" vo vremya raskopok