Elektromobillar bojsiz olib kiriladi

2019 yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekistonga elektromobillarni bojsiz olib kirish mumkin bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. Yangi yilning birinchi yanvaridan boshlab elektromobillarni O‘zbekistonga bojsiz olib kirish mumkin bo‘ladi.

Bu haqida Shavkat Mirziyoyev imzolagan Tashqi iqtisodiy faoliyatni va bojxona-tarif tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi qarorining ilovasida aytilgan.

Yangi huquqiy hujjatda aytilishiga ko‘ra, 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekeistonga olib kelinayotgan 700dan ortiq mahsulotlar uchun yangi boj stavkalari kamaytirilgan.

Xususan, faqat elektr quvvati bilan harakatlanadigan transport vositalari uchun, TN VED kodi 870380, boj stavkasi “0”  miqdorida belgilangan.

Ayni damda amal qilayotgan bojxona tarifida ushbu kodga doir mahsulotlar uchun stavkalar keltirilmagan. Yangi bojxona stavkalarini muhokama qilish vaqtida elektromobillar uchun 10% stavka qo‘yish taklif qilingan edi, lekin yakuniy hujjatda bu taklif inobatga olinmagan.

Spot.uz xabariga asosan.