TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. AQSh HHK mamlakat Energetika vazirligi Yadro xavfsizligi milliy boshqarmasi bilan hamkorlikda B-2 Spirit strategik bombardimon samolyotlarida ilk marotaba boshqariladigan yadro bombasini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot-xizmati xabar qilmoqda.
Yadro zaradisiz bombaning ikkita sinovi 9-iyun kuni Nevada shtatidagi Tonopa poligonida o‘tkazildi.
"Ushbu sinovlar hamkorlikdagi testlarning bir qismi bo‘lib, samolyotning qurol-aslah va bombaning noyadroviy funksiyalarini yetkazib berishdan iborat", — deyiladi xabarda.
"Ushbu malakali parvoz sinovlari shuni ko‘rsatmoqdaki, B61-12 konstruksiyasi tizim talablariga javob beradi va B61-12 bombasining milliy xavfsizlik talablari asnosida keyingi xizmat muddatini uzaytirish uchun dastur qanchalik taraqqiy etganini ko‘rsatib beradi", — deb ta’kidlagan AQSh Energetika vazirligi yadroviy xavfsizlik milliy boshqarmasi xodimi Maykl Lyutton.