Bugun O‘zbekiston milliy valyutasi muomalaga kiritilgan kun

Bundan 24-yil oldin, 1994-yilning 1-iyulida O‘zbekistonda "so‘m-kupon" o‘rniga milliy valyuta "So‘m" muomalaga kiritilgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Bugun 1-iyul — O‘zbekiston milliy valyutasi muomalaga kiritilgan kun. Bundan  24 yil oldin, 1994-yilning 1-iyulida O‘zbekiston prezidentining farmoniga binoan o‘sha vaqtda muomalada bo‘lgan "so‘m-kupon" o‘rniga milliy valyuta "So‘m" muomalaga kiritilgan edi. Bir vaqtning o‘zida "so‘m-kupon" denominatsiya qilinib 1000 so‘m kuponga — 1 so‘m qiymatida almashtirilgan edi.

Birinchi chiqarishda O‘zbekiston Markaziy banki 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 "So‘m" bo‘lgan bank qog‘oz pullari (banknotlar) va 1, 3, 5, 10, 20, 50 "Tiyin" bo‘lgan metall tangalarholida naqd pul muomalasiga chiqarilgan edi.

Keyinchalik esa 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 va 50000 ming so‘mlik kupuralar muomalaga chiqarildi.

Huquqiy axborot telegram kanali xabariga asosan.