O‘zbekistonda yil boshidan buyon ilk bor deflyatsiya kuzatildi

2018 yilning iyun oyida O‘zbekistonda deflyatsiya miqdori 0,4 %ni tashkil qildi.
Sputnik

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Davlat Statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2018-yilning iyun oyida O‘zbekistonda  yil boshidan buyon ilk bor umumiy narxlar pasayishi kuzatildi. Deflyatsiya miqdori 0,4 %ni tashkil qildi.

O‘zbekistonliklar iste’mol savatiga qanday oziq-ovqat mahsulotlari kiradi

Satistik ma’lumotlarga ko‘ra, asosiy ste’mol tovarlari narxlari o‘rtacha hisobda  0,6 %ga kamaygan. Shu bilan bir vaqtda, asosiy xizmatlar narxlari esa 0,3 %ga oshgan.

Hisobotda aytilishiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi tushishda birinchi o‘rinni meva-sabzavotlar egallagan, narxlar 29 — 39 %ga tushgan. Shuningdek tuxum va yog‘-moylar narxi ham tushgan. Go‘sht, non mahsulotlari hamda dukkakli mahsulotlar narxi oshgan. Alkogolli ichimliklar narxi o‘rtacha 0,4 — 1,3% ga oshgan. Alkogolsiz ichimliklar narxi 0,9 %ga oshgan.

Shuningdek, iyun oyida shahar transportida narxlar o‘rtacha 6 %ga, yo‘nalishli taksi va temiryo‘l transportida narxlar 0,3 — 1,5 %ga oshishi kuzatilgan. Havo transportida esa narxlar 4%ga tushishi kuzatilgan.

Hisobot bilan batafsil quyida tanishiningiz mumkin.