O‘zbekistonda qimmatbaho metalldan yasalgan tangalar sotuvga chiqariladi

Tangalar Markaziy bank zaxirasidagi qimmatbaho metalldan yasaladi.
Sputnik

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Joriy yil 1-avgustidan boshlab Markaziy bank zaxirasidagi qimmatbaho metalldan yasalgan tangalar sotuvga chiqariladi, deb xabar qildi "Xalq so‘zi" nashri.

Bu haqda O‘zbekiston prezidentining joriy yil 7-iyundagi qarorida qayd etilib, ularni sotish va qayta sotib olish tartibini o‘rnatish vazifasi topshirilgan.

Bu kelgusida milliy valyutani xorijlik investorlar, numizmatiklar tomonidan katta qiziqish bilan xarid qilinishiga zamin yaratadi. Qolaversa, bu orqali respublikaga sayyohlar oqimi ortishiga, O‘zbekiston tarixi va madaniyatini tanitishga sharoit yaratadi.