Shavkat Mirziyoyev: obod mahallada obod ko‘ngil bo‘ladi

"Ibrohim ota" mahallasida barcha ko‘p qavatli uylar, ko‘cha va yo‘laklar ta’mirlanib, hudud obodonlashtirilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni Toshkent shahrining Olmazor tumaniga tashrif buyurib, "Ibrohim ota" mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati. 

Ushbu mahallada 19 ta ikki qavatli va 4 ta to‘rt qavatli uy joylashgan. Ular 1960-yillarda qurilgan bo‘lib, bugungi kunda ta’mirtalab bo‘lib qolgan. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari ham eskirgan.

Shu kabi mahallalar qiyofasini yangilash maqsadida kuni kecha "Obod mahalla" dasturi qabul qilindi.

"Ibrohim ota" mahallasi ham mazkur dasturga kiritilgan. Unga muvofiq, barcha ko‘p qavatli uylar, ko‘cha va yo‘laklar ta’mirlanib, hudud obodonlashtirilmoqda. 7 ta ikki qavatli arzon uy-joy, zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi qurilmoqda.

Stroitelstvo jilogo doma v Tashkente

Shuningdek, namunaviy loyiha asosida mahalla guzari, kommunal to‘lovlar shoxobchasi, bolalar va sport maydonchalari barpo etilishi rejalashtirilgan.

Jiloy dom v maxalle “Ibroxim ota” v Tashkente

Prezident uyma-uy yurib, har bir oilaning talab-istaklarini o‘rganish, muammosi bo‘lsa yordam berish, tadbirkorlarni jalb etib, ishchi joylar yaratish zarurligini ta’kidladi.

Detskaya ploshadka

"Bu yerdagi odamlarning ham bola-chaqasi, ertangi kundan umidlari bor. Mamlakatimizdagi o‘zgarishlarni, qabul qilinayotgan dasturlar natijasini odamlar o‘z uyida sezishi kerak", deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.