AQShda Capital Gazette nashrining to‘rt xodimi otib ketildi

Sputnik

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. AQShning Merilend shtatidagi Capital Gazette nashri binosida to‘rt nafar gazeta xodimlarini otib ketishdi. Ayni vaqtda politsiya qurbonlar imini e’lon qilgan.

Ann-Arandel okrugi politsiyasi rahbari o‘rinbosari Bill Krampf halok bo‘lganlar ismini o‘qib eshittirdi: ular Uendi Uinters, Rebekka Smit, Robert Xayasen, Jerel Fishman va Jon Maknamara.

Ilgariroq jurnalist va yozuvchi Karl Xayasen gazeta muharriri  bo‘lgan ukasi Robert ham halok bo‘lganlar orasida borligini e’lon qilgan edi.

Hujumda gumonlanayotgan shaxsning ismi oshkor etilmayapti, ammo aksariyat OAVlarda uning ismi Jerrod Uorren Ramos ekanligi aytilmoqda.

Ramos uzoq yillar davomida gazeta bilan sudlashgan va tahririyat xodimlarini internetda haqoratlagan.