Eron yaqin orada ShHTga qabul qilinmaydi

Rossiyalik ekspertlar fikriga ko‘ra, Eron yaqin orada ShHTga qabul qilinmaydi, chunki bu borada a’zo mamlakatlar orasida konsensusga erishilgani yo‘q.
Sputnik

TOShKENT, 28-iyun - Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti yaqin orada o‘z safiga Eronni qabul qilishi amri mahol, deyishmoqda rossiyalik ekspertlar, RIA Novosti xabariga asosan.

Payshanba kuni Rossiya Xalqaro ishlar bo‘yicha kengashi mutaxassislari ShHT sammiti yakunlarini muhokama qilishdi.

Sindaoda ShHT rahbarlari sammiti boshlandi

MGIMOning Sharqiy Osiyo izlanishlar markazining katta ilmiy xodimi Igor Denisov aytishiga qarganda, Eronni ShHTga qabul qilish jarayoni Hindiston va Pokistonning ShHTga moslashuv jarayoni va “yangi reallik” tufayli sekinlashadi.

Denisovning hamkasabasi Mixail Konarovskiy fikriga ko‘ra, ShHT a’zolari ham hozircha Eronning qo‘shilishi borasida konsensusga erisha olgani yo‘q.

Shuningdek, Eronning qo‘shilishiga Tojikiston ham qarshi bo‘lishi mumkin, chunki Dushanbe va Tehron orasida munosabatlar ancha murakkab.

Eslatib o‘tamiz, 9-10 iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida ShHT rahbarlarining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammit yakunlariga ko‘ra davlat rahbarlari deklaratsiya va boshqa bir qator shartnomalarni imzolashdi.