Burger yoki palov: o‘zbekistonliklarga fastfud kerakmi

Sputnik O‘zbekiston muxbiri Toshkentda Strabucks, Burger King va McDonald's restoranlari ochilishiga qanday munosabatda ekanligini aniqlash maqsadida poytaxt aholisiga savol bilan murojaat qilishdi.
Sputnik

Suhbat davomida fasfud tarafdorlari ham ko‘pchilikni tashkil qildi, ayniqsa yoshlar orasida. Biroq yoshi katta bo‘lganlar esa milliy o‘zbek taomlarini xush ko‘rishlarini ma’lum qilishdi.

"Albatta milliy taomlarimiz yaxshi. Bu restoranlarga nimalar olib kelishini bilmayman. Bizning taomlarimiz dunyoda eng mazali", — deb ta’kidladi suhbatdoshlardan biri.

So‘rovda qatnashganlar fastfudga qaraganda milliy taomlar foydali ekanligi alohida aytib o‘tishdi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil yanvargacha O‘zbekistonda Starbucks, Burger King va McDonald's restoranlari ochilishi mumkin. Yaqin vaqtlarda poytaxtda KFC restorani ochilishi kutilmoqda.