TOShKENT, 26-iyun – Sputnik. Tojikistonlik iqtisodchi Xo‘jamuhammad Umarov nima sababdan O‘zbekistonda Tojikiston sementiga katta qiziqish borligini aytdi, Sputnik Tojikiston xabariga asosan.
Iqtisodchi hisobiga ko‘ra, O‘zbekiston Tojikistondan yiliga 1 mln tonnagacha sement sotib olishi mumkin.
O‘zbekiston qurilish korxonalarining Tojikston sementiga bo‘lgan qiziqishning sababi – uning yuqori sifatidadir. Ayni damda O‘zbekistonga eksport qilinayotgan sement asosan yuqori markali M400, M500 va M600 markali portland sementdir.
Iqtisodchi fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda yuqori markali sement ishlab chiqarish uchun xom ashyo zahiralari yo‘q. Bugungi kunda O‘zbekistonda asosan M200, M300 markali sementlar ishlab chiqarilmoqda. Aynan shu sababdan Tojikiston sementiga bo‘lgan qiziqish saqlanib qoladi.