TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Bugun, 26-iyun kuni Toshkentdagi "Shayx Zayniddin" jome masjidida Toshkent shahar imomlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi O‘zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, ushbu majlisda qator muhim masalalar bilan birga, tashkiliy masala ham ko‘rildi.
Sheyx Abdulaziz Mansur naznachen glavnim imam-xatibom Tashkenta
© Foto: press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana
Xususan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur hazratlari diniy idora raisi o‘rinbosari vazifasidan ajralmagan holda Toshkent shahar vakili, Toshkent shahar bosh imom-xatibi, o‘z navbatida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi "Minor" jome masjidi imom-xatibi etib tayinlandi.