Murod Xonto‘rayev nega qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahar IIBB Murod Xonto‘rayevning qo‘lga olinganini tasdiqladi.
Sputnik

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Kuni kecha Toshkent shahrida taniqli kurashchi Murod Xonto‘rayevning qo‘lga olinganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi Murod Xonto‘rayev qo‘lga olinganligini tasdiqladi.

Murod Xonto‘rayev hamda bir qator shaxslar joriy yilning 20 dan 21-iyunga o‘tar kechasi Yunusobod tumanidagi tungi klublardan birida jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzganlik, tartibsizlik qilgani uchun ushlangan.

Hozirda, Murod Xonto‘rayevga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.