Toshkentda avtobuslar uchun elektron kartalar sotilishi boshlandi

Kartalardan 1-iyuldan boshlab shahar jamoat avtobuslarida foydalanish mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. "Toshshahartransxizmat" aksionerlik jamiyati O‘zbekiston poytaxtida 23-iyun sanasidan boshlab jamoat transportlari uchun elektron kartalar sotuvga chiqarilgani haqida xabar berdi.

"Toshkent shahri jamoat transporti (avtobuslar)da oylik yo‘l chiptalari (AV, O‘, T, N) seriyalari elektron ko‘rinishdagi kartalarga o‘tkazilib, sotilishi boshlandi", — deyilgan xabarda.

Ushbu elektron ko‘rinishdagi kartalardan 1-iyuldan boshlab shahar jamoat avtobuslarida foydalanish mumkin.

Kartalarni oylik yo‘l chiptalari va jeton sotish shoxobchalarida xarid qilish mumkin.