TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. Surxondaryoning Sherobod tumanida 23-iyun kuni yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan “Neksiya” avtomobili “Tiko” bilan yuzma-yuz to‘qnashuvi fojeali yakunlandi, deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.
“Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi U.S. o‘zining “Neksiya” rusumli avtomashinasini Guliston mahallasidan o‘tuvchi M-39 yo‘lining 1394-km.da boshqarib ketayotib qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan kelayotgan Uchog‘och mahallasida yashovchi K.X. boshqaruvida bo‘lgan “Tiko” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada “Tiko” avtomashinasi yo‘lovchilari, Zarabog‘ mahallasida yashagan, A.R. va Poshxurt mahallasida yashagan B.Q.lar olgan jarohatlaridan voqea joyida vafot etganlar”, - deyilgan xabarda.
Ayni damda mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.