Lola Karimova-Tillyayeva AQShda Mirzo Ulug‘bek haqidagi kinoasarni havola etdi

Ushbu film Lola Karimova-Tillyayeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Tillyayevning produserligi ostida rejissor Bahodir Yuldoshev tomonidan suratga olingan.
Sputnik

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. AQShning Los-Anjeles shahrida Sharqning buyuk mutafakkiri va Movarounnahr hukmdori Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy merosi haqida hikoya qiluvchi "Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon" tarixiy hujjatli filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Karimov fondining Facebook'dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Ushbu film Lola Karimova-Tillyayeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Tillyayevning produserligi ostida rejissor Bahodir Yuldoshev tomonidan suratga olingan.

Los-Anjelesdagi taqdimotda 1969-yilda "Apollon 11" missiyasi doirasida Oy yuziga ikkinchi bo‘lib qadam bosgan afsonaviy amerikalik astronavt Bazz Oldrin va tarixiy kinolentada bosh rolni ijro etgan aktor, jahon kinosi yulduzi Armand Assante ishtirok etdilar.

Lola Karimova-Tillayeva na premyere istoricheskogo dokumentalnogo filma v Los-Andjelese.

Mazkur kinoasar 2017-yilda 74-chi Xalqaro Venetsiya kinofestivalida "Eng yaxshi xorijiy hujjatli film" nominatsiyasida nufuzli "Kineo" mukofotiga sazovor bo‘ldi, Italiyaning Iskya orolida bo‘lib o‘tgan xalqaro kinofestivalda esa "Eng yaxshi hujjatli film" nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Shu yil sentabr oyida "Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon" filmini o‘zbek tilida tekin ko‘rish mumkin bo‘ladi.