TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Toshkent shahar hokimiyati Baynalminal ko‘chasini qayta ta’mirlash uchun tanlov e’lon qildi, deb xabar qilmoqda nuz.uz nashri.
“Baynalminal ko‘chasining nomi Seul deb o‘zgartiriladi va u o‘zbek-koreys madaniyati simbiozini aks ettiruvchi dizaynga ega bo‘ladi”, - deyilgan xabarda.
Qayta qurish ushbu ko‘chaning Beshog‘och massividan Oqchepa chorrahasigacha bo‘lgan qismida amalga oshiriladi.
Ko‘chaning yangi ko‘rinishida O‘zbekiston va Koreya xalqlari madaniyatini aks ettiruvchi ranglar, simvollar va landshaft detallaridan foydalaniladi. Asosiy ramz esa – inson va uning atrofidagi dunyo bo‘ladi.
Loyihani amalga oshirishda Janubiy Koreyalik mutaxassislar va Toshkentlik me’morlar jalb etiladi.