TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi Jahon chempionatida Ispaniya va Marokko terma jamoalari o‘yinini boshqaradi, deb xabar qilmoqda FIFA matbuot xizmati.
“V” guruhi o‘yini Kaliningradda 25-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Moskva vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.
“Ermatovga uning hamurtlari Abduxamidullo Rasulov va Djaxongir Saidovlar yordam beradi. To‘rtinchi referi etib BAAlik Moxammed Abdulla Moxamed tayinlandi, zahiradagi referi esa — Moxamed Al-Xammadi(BAA)”, — deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bu JCh-2018 Ravshan Ermatov bosh hakam bo‘lgan ikkinchi o‘yin bo‘ladi. Ermatov boshqaruvida birinchi o‘yin 21-iyun kuni Argentina va Xorvatiya jmoalari orasida bo‘lib o‘tgan edi.