Germaniyada to‘p suruvchi asli olmaliqlik futbolchiga Rossiya klublari qiziqmoqda

"Gannover-96" himoyachisiga SSKA, "Spartak", "Zenit" va "Lokomotiv" qiziqmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Rossiyaning yetakchi klublari Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida tug‘ilgan, Germaniyaning "Gannover-96" klubi himoyachisi Anton Valdemarga qiziqmoqda. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.

Unga SSKA, "Spartak", "Zenit" va "Lokomotiv" klublari qiziqish bildirgan. Bu ma’lumotni 21 yoshli o‘yinchining agenti Rene Noyneker tasdiqladi.

Manbaning ta’kidlashicha, Rossiya klublari Valdemarga hozirgi maoshidan ikki baravar ko‘p maosh taklif qilgan. Ammo himoyachi bu takliflarni qabul qilishga shoshilmayapti.

Ushbu mavsumda futbolchi 29 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan. Uning nemis klubi bilan shartnomasi 2021-yilgacha amal qiladi.