"Reks, fas!": nukuslik erkak tanishini do‘pposlab, so‘ng itiga tishlatdi

It qopgan erkak kasalxonaga yotqizilgan
Sputnik

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Nukuslik erkak tanishini do‘pposlab, so‘ngra itiga tishladi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Hodisa 11-iyun kuni sodir bo‘lgan.

"Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida yashovchi K.X. mast holda shu ko‘chada o‘zaro janjal oqibatida tanishi B.K.ning tanasini turli joylariga qo‘li bilan urib jarohat yetkazgan va “Reks” laqabli itiga tishlatgan", — deyiladi IIV xabarida.

Natijada, it tishlagan erkak, kasalxonaga yotqizilgan, itning egasi ushlangan.