Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga talabalarni qabul kvotasi tasdiqlandi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida xalqaro iqtisodiyot va menejment; xalqaro munosabatlar va siyosiy fanlar; xalqaro ommaviy va xususiy huquq; gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

O‘zbekistondagi vazirliklar xodimlari majburiy tartibda qayta malaka oshiradilar

Qarorga asosan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018/2019 o‘quv yilida Universitetning bakalavriatiga talabalarni qabul qilish kvotasi belgilandi.

"O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018/2019 o‘quv yilida Universitetning bakalavriatiga talabalarni qabul qilish kvotasini 3-ilovaga muvofiq 150 kishi (shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 30 kishi), Universitetning magistraturasiga 50 kishi (shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 10 kishi) etib belgilash, qonun hujjatlariga muvofiq oshirilgan kontrakt stavkalari bo‘yicha qo‘shimcha qabul qilish imkoniyatini nazarda tutish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin", — deyilgan prezident qarorida.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab magistraturaga qabul qilinadigan talabalar soni Universitet tomonidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda bakalavriatga qabul kvotasining 50 foizigacha bo‘lgan hisob-kitobdan (shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha magistratura uchun ajratilgan joylar sonining 20 foizi) hamda respublika tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali xalqaro mutaxassislar, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarning zaxirasini to‘ldirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.