Ashrafxonov: Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida AES qurilishi kelishib olingan

O‘tgan yili dekabrda atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim imzolangan.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida respublikada AES qurilishi kelishib olingan va hozirgi vaqtda loyihani amalga oshirish rejasi tayyorlanmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov ma’lum qildi.

"AES aniq bo‘lishi haqida kelishuv bor. Hozir yo‘l xaritasi ishlab chiqilmoqda", — dedi Ashrafxonov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘p milliardli loyihadir.

O‘tgan yili dekabrda atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim imzolangan.

Hozirgi vaqtda AES qurilish loyhasi bo‘yicha ish olib borish bo‘yicha ikkita ishchi guruhi tuzilgan. Shu yilning o‘zida Rossiyada ushbu mutaxassislik bo‘yicha o‘zbekistonlik talabalarni o‘qitishga kvotalar ajratilgan.