TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. 2018 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida tovar almashish hajmi 94 million dollargacha o‘sdi, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston.
Bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichga nisbatan ikki baravarga ko‘pdir.
Tojikistondan O‘zbekistonga 54 million dollarlikdan ortiqroq mahsulot keltirilgan, O‘zbekistondan Tojikistonga esa 40 million dollarlikka yaqin mahsulot yetkazilgan.
O‘zbekiston Tojikiston bilan ijobiy savdo muvozanatiga ega bo‘lgan Moldovadan keyingi ikkinchi davlat bo‘ldi.