Andijonda yo‘lovchi haydovchiga pichoq urdi

Olgan jarohati sabab haydovchi kasalxonaga yotqizilgan. Yo‘lovchi esa qo‘lga olingan.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Andijon shahrida mashinada ketayotgan yo‘lovchi haydovchi bilan janjallashib unga pichoq urdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 20-iyun kuni Andijon shahrida yashovchi I.Q. shu shaharda yashovchi D.M. boshqaruvidagi "Spark" rusumli avtomashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotib yuz bergan o‘zaro janjal oqibatida haydovchining o‘ng biqin qismiga o‘tkir tig‘li jism bilan jarohat yetkazgan. Olgan jarohati sabab haydovchi kasalxonaga yotqizilgan.

Yo‘lovchi esa qo‘lga olingan.