Toshkent avtomobil halqa yo‘lida elektr ta’minoti qayta tiklandi

Toshkent avtomobil halqa yo‘lidagi vaqtinchalik to‘siq olib tashlandi.
Sputnik

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida yuzaga kelgan nosozlik bir sutka ichida to‘liq bartaraf etilib, elektr ustunlari soz holga keltirildi. Natijada xonadon va binolarda elektr ta’minoti qayta tiklandi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Samarqandda qum bo‘roni sodir bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, voqea joyiga Ichki ishlar organlari, elektr tarmog‘i xizmati va tuman hokimligi xodimlaridan iborat tezkor guruh yetib keldi va yuzaga kelgan vaziyat nazoratga olindi.

Jumladan, elektr ustuni ag‘darilib tushgan yo‘l qismi yopilib, avtotransportlar harakati yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tkazildi.
Toshkent avtomobil halqa yo‘lidagi vaqtinchalik to‘siq olib tashlandi.

Eslatib o‘tamiz, 19-iyun kuni Toshkent avtomobil halqa yo‘lining O‘rikzor bozoriga yaqin qismida noqulay ob-havo sharoiti tufayli yuqori kuchlanishli elektr temir ustuni yo‘lning qatnov qismiga qulab tushgandi.