O‘zbekistonda jamoat joylarda kalyan chekish man etilishi mumkin

Qonun loyihasi fuqarolar sog‘lig‘ini kalyan va elektron sigaretlarmni chekishdan zaxarli ta’siridan himoya qilishga qaratilgan.
Sputnik

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Partamentning quyi palatasi yalpi majlisida "Jamoat joylarida kalyan va elektron sigaretlarni chekishni cheklash to‘g‘risida"gi qonun loyihasi kelishildi, deb xabar qildi Podrobno.uz nashri parlament matbuot xizmatiga asosan.

O‘zbekiston tayyor tamaki mahsulotlari eksportini boshladi

Qonun loyihasi fuqarolarning sog‘lig‘ini kalyan va elektron sigaretlarini chekishdan yuzaga keladigan zaxarli ta’siridan himoya qilishga qaratilgan. Shuningdek, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilishni nazarda tutadi.

Muhokama jarayonida siyosiy partiyalar vakillari tomonidan bildirilgan fikrlariga ko‘ra, qonun loyihasi kalyan va elektron sigaretlar chekish oqibatida yuzaga keladigan kasalliklar tarqalishini oldini oladi.

Tartibga ko‘ra, qonun loyihasi parlament quyi palatasida yana bir bor ko‘rib chiqilishi kerak, shundan so‘ng Senatga yuboriladi.