O‘zbekiston IIV tizimida 11ta lavozim tayinlovi amalga oshirildi

Oltita viloyatda yong‘in xavfsizligi boshqarmalariga rahbarlar tayinlandi
Sputnik

TOShKENT, 20-iyun - Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati hamda hududiy tizimlarida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Andijon, Toshkent, Surxondaryo, Jizzax, Namangan va Buxoro viloyatlarida yong‘in xavfsizligi boshqarmalariga boshliqlar tayinlandi.

Shuningdek, Toshkent viloyatining Piskent va Quyichirchiq tumanlari hamda Yangiyo‘l shahar ichki ishlar bo‘limlariga boshliqlar tayinlandi.