Yaponiya va cyenegallik futbol muxlislari barchani hayratda qoldirishdi

Yaponiya va senegallik futbol muxlislari o‘zlari o‘tirgan sektorlarni musordan tozalab ketishdi.
Sputnik

TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida, Yaponiya va senegallik futbol muxlislarining xulq-atvori bizni haytratda qoldirdi, - deb yozmoqda mahalliy OAVlar.

Kecha Saranskda bo‘lib o‘tgan Yaponiya – Kolumbiya o‘yinida Yaponiya 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin tugaganidan keyin yaponiyalik futbol muxlislari o‘zlari o‘tirgan tribunalarda qoldirilgan barcha butilka, stakan va boshqa chiqindilardan tozalab ketishdi. Bunga guvoh bo‘lgan muxlislar Twitterda ushbu videolavhani joylashtirishgan.

Xuddi shunday holat Moskvadagi “Spartak” stadionida Senegal va Polsha jamoasi o‘yinidan keyin ham kuzatilgan. Senegallik muxlislar terma jamoa g‘alabasidan so‘ng o‘zlari o‘tirgan sektorni musordan tozalab ketishgan.

24 iyun kuni Yaponiya va Senegal jamoalari Yekaterinburgda uchrashadi.