Dunyo hamjamiyati "Tolibon"ga bosimni kuchaytirish kerak, deb hisoblaydi AQSh

Amerika Qo‘shma Shtatlari "Tolibon" faqat bosimni tushunadi degan fikrda
Sputnik

TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayonini ilgari surish uchun dunyo hamjamiyati "Tolibon" radikal harakatiga bosim o‘tkazishda davom etishi lozim, deb bayonot qildi AQSh vakillar palatasining xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi eshituvida AQSh Davlat kotibi yordamchisi Ellis Uells.

Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent anjumani: kutilgan reaksiya, AQSh pozitsiyasi va tinchlik sulhi

"Afg‘oniston hukumatining tinchlik mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish taklifi ularga aytilgan. Biz hozir ushbu taklifni qabul qilishlari uchun "Tolibon"ga bosimni kuchaytirishimiz darkor", — degan Uells.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Tolibon" rahbariyati Afg‘onistonning suverenitetiga daxldor savollar ushbu mamlakat rahbari bilan muhokama qilinishi darkorligini  tushunib olmog‘i kerak. Garchi AQSh ushbu jarayon ishtirokchisi, jarayonning bir bo‘lagi bo‘lsa-da, muhokamada Qobulni chetlab o‘tib bo‘lmaydi.