TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Buxoroning Xupkalak qishlog‘ida ikki fuqaro zovurda cho‘kib o‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV.
Xabarda aytilishicha, hodisa 19-iyun kuni sodir bo‘lgan.
Buxoro viloyatining Peshku va Romiton tumanida istiqomat qilgan fuqarolar Xupkalak qishlog‘idan oqib o‘tuvchi zovurda cho‘milayotganlarida suvga cho‘kib ketganlar.
Ma’lumotga ko‘ra, jasadlar suvdan topilib olingan.
Shu munosabat bilan IIV fuqarolarga murojaat qilgan.
"Hurmatli fuqarolar, turli hil cho‘milish joylariga boradigan bo‘lsangiz, xavfsizlik choralarini ko‘ring. O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotiga befarq bo‘lmang. Yosh bolalaringizni cho‘milish joylariga nazoratchisiz yubormang va ularni nazoratsiz qoldirmang", — deyiladi xabarda.