TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. 19-iyun kuni Samarqandda kuchli qum bo‘roni sodir bo‘ldi, deb yozishmoqda Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari.
Ular tarmoqqa voqea tasvirlangan fotosurat va videolavhalarni joylashtirishmoqda.
Ayrim xabarlarga qaraganda, daraxtlar ag‘darilib, elektr uzatish simlariga shikast yetgan.
Sputnik muxbirining xabariga ko‘ra, Toshkentda ham qum bo‘roni kuzatilmoqda.