Kim Chen In Xitoyga rasmiy tashrif bilan bordi

Kutilishicha, Kim Chen In KXR raisi Si Szinpin bilan 12-iyun kuni bo‘lib o‘tgan AQSh-KXDR sammitini muhokama qilish uchun uchrashadi. Ular shuningdek, muzokaralarning istiqboli haqida ham to‘xtaladilar
Sputnik

TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. KXDR yetakchisi Kim Chen In Pekinga yetib keldi. Yaponiyaning Nihon Television Network telekompaniyasi operatorlari u qanday qilib hukumat samolyoti bortidan tushib kelganligini suratga olishgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Tramp Kim Chen In bilan uchrashdi
Flightradar24 portalidagi ma’lumotlarga qaraganda, Pekindagi aeroportga qo‘ngan samolyot Shimoliy Koreyaning "Koryo" davlat aviakompaniyasiga tegishli o‘sha — o‘tgan hafta Singapurda KXDR yetakchisi AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish uchun borgan samolyotning o‘zi ekanligini ma’lum qilgan.

Kutilishicha, Kim Chen In KXR raisi Si Szinpin bilan 12-iyun kuni bo‘lib o‘tgan AQSh-KXDR sammitini muhokama qilish uchun uchrashadi. Ular shuningdek, muzokaralarning istiqboli haqida ham to‘xtaladilar.

Kim Chen Inning tashrifi ikki kun: 19-20 iyun kunlari davom etadi, deb xabar qilgan Sinxua.

KXDR yetakchisi Xitoyga 25-28 mart kunlari norasmiy safar uyushtirgan edi. Bu uning 2011-yilda hokimiyattepasiga kelgandan keyingi ilk xorijiy safari edi. Ammo bu safar haqida to uning yakuniga qadar hech kimga xabar berilmadi.

Kim Chen In va Si Szinpin o‘rtasidagi ikkinchi muzokaralar 7-8 may kunlari o‘tkazildi.

AQSh-KXDR sammiti

Tinchlik bo‘lsin - AQSh va KXDR yakuniy shartnoma imzolashdi
12 iyun kuni Singapurda tarixda ilk marotaba AQSh va KXDR sammiti o‘tkazildi, unda Tramp va Kim uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Sammit yakuniga ko‘ra, Amerika yetakchisi KXDR bilan "to‘laqonli hujjat" imzolaganini, va dunyo hamjamiyati KXDRdan kutayotgan denuklerizatsiya jarayoni "tez fursatda" boshlanishi haqida bayonot qildi.

O‘z navbatida Kim Chen In hujjatning imzolanishini ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarda "yangi start" ekanligini ta’kidlab, kelajakda "katta o‘zgarishlar"ni va’da bergan edi.

Shuningdek, hujjatga ko‘ra, AQSh KXDRga xavfsizlik kafolatini berishini, Pxenyan esa Koreya yarimorolining to‘liq denuklearizatsiyaga erishish tarafdori ekanligini tasdiqlagan.