Yaponiyada zilzila oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Yaponiya hukumati zilzila natijasida 3 kishining halok bo‘lganini ma’lum qildi. OAVlar ma’lumotlariga ko‘ra, Takatsuki shahrida 9 yoshli qizni maktab hovuzi oldidagi devor bosib qolgan.
Sputnik

Zilzila mamlakat g‘arbidagi Osaka, Kioto, Siga va Mie prefekturalarida qayd etilgan.

Meteorologiya xizmati bergan ma’lumotlarga qaraganda, zilzila 6.1 ballni tashkil qilgan.