Toshkentda "Ezidyor" to‘yxonasini buzish ishlari boshlandi

Toshkent shahar markazida joylashgan “Ezidyor” to‘yxonasini buzish ishlari boshlandi.
Sputnik

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. 17-iyun kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan "Ezidyor" to‘yxonasini buzish ishlari boshlandi, deb xabar qildi UzNews nashri.

Bundan avval "Ezidyor" egasiga Versal to‘yxonasi, "Mumtoz" to‘yxonasi egaciga esa Toshkent shahar hokimligi hisobida bo‘lgan "Sayohat" restorani berilishi haqida xabar berilgandi.

To‘yxonaning buzilishi Tashkent City qurilishi bilan bog‘liq. Tashkent City loyihaning umumiy qiymati milliard dollardan ortiq. Bu yerda texnopark, bir nechta biznes-markazlari, savdo majmuasi, restoranlar hamda madaniy markaz quriladi.