Hyundai Motor group kompaniyasi rahbari Toshkentga keladi

Janubiy Koreyaning "Hyundai Motor group" kompaniyasi prezidenti Toshkentga tashrif buyuradi.
Sputnik

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. 2018-yil 19-iyun kuni Toshkent shahriga Janubiy Koreyaning "Hyundai Motor group" kompaniyasi prezidenti Song Kvon Han boshchiligidagi delegatsiya keladi, deb xabar qildi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Tashrif dasturiga ko‘ra "O‘zavtosanoat" AJ rahbariyati, shuningdek qator vazirlik va idoralar ishtirokida O‘zbekiston hukumatida uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi.