Chexiya O‘zbekistonda tramvay ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

"Pragoimpleks" kompaniya vakillarining tashrifi doirasida hamkorlik qilish bitimi imzolandi.
Sputnik

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Samarqand Chexiya "Pragoimpeks" kompaniyasi bilan 42 ta zamonaviy tramvay xarid qilishga kelishib oldi, deb xabar qildi "Novosti Uzbekistana" portali.

Imom Buxoriy majmuasi 60 gektar maydonda qayta quriladi

Shu yil iyun oyida Vladimir Faltesik boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ularga Chexiyaning O‘zbekistondagi elchisi Yaroslav Siro hamrohlik qildi.

Mehmonlar "Tramvay yo‘nalishlaridan foydalanish direksiyasi" davlat korxonasi rahbari Fayzullo Murtazoyev bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida 42 ta yangi tramvay xarid qilish, Chexiyadagi tramvay zavodi bazasi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Shuningdek, chex mutaxassislari yordamida markaziy dispetcherlik punkti yaratiladi, bekatlar esa yo‘lovchilarga tramvaylar harakatlanishi jadvali haqida ma’lumot beradigan monitorlar bilan jihozlanadi.

Yaqin vaqtlarda tramvaylarda bepul Wi-FI ishga tushiriladi.

Bitta yangi tramvay narxi bir million dollar, rejaga muvofiq — mahalliylashtirish dasturini 60 foizga rejalashtirilgan.

Bugungi kunda Samarqandda ikki yo‘nalishda 15 ta tramvay xizmat ko‘rsatmoqda. Yaqin vaqtda ikkita yangi tramvay tarmog‘ini qurulish ishlari boshlanadi, ushbu tarmoqlar kimogarlar qishlog‘i bilan shaharni bog‘laydi. Buning uchun hukumat 27 milliard so‘m ajratiladi.