Xususiy klinikada o‘nlab chaqaloqlar yoqib yuborilgani ma’lum bo‘ldi

Samarqand shahridagi xususiy tug‘ruqxonalardan birida abort oqibatida tug‘ilgan chaqaloqlarni sotishgan, sotilmay qolganlarini esa yoqib yuborishgan.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. Samarqand shahrida joylashgan xususiy tug‘ruqxonalardan birida muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarni sotishgan, deb xabar qilmoqda Uznews nashri “Huquq” gazetasiga asosan.

Xususiy tibbiyot muassasalari soliqlar va majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etildi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Nigora Solixonova boshqaruvi ostida bo‘lgan xususiy klinikada abort qilish, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni sotish bilan shug‘ullanishgan. Homiladorlikni majburiy to‘xtatish oqibatida tirik tug‘ilgan chaqaloqlar, qalbaki hujjatlar bilan bolaga muhtoj oilalarga 500 dan 2000 $ dollargacha sotilgan.

Sotilmay qolgan chaqaloqlarni esa, qarovsiz qoldirishgan. Vafot etganidan keyin ularning tanalari tibbiy chiqindilarni yoqishga muljallangan maxsus pechkada yoqib yuborishgan. Tergov jarayonida bir necha o‘nlab ana shunday bolalar jasadlarining qoldiqlari topilgan.

Ushbu ish yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston JKning bir necha bandlari bo‘yicha ishlar qo‘zg‘atilgan.

Fevral oyining oxirida bo‘lib o‘tgan sud majlisida klinika rahbari Nigora Solixonovaga 13-yil qamoq jazosi berildi. Shuningdek, klinikaning boshqa ishchilariga ham qilmishiga yarasha jazo choralari belgilandi.