Misr davozaboni "Eng yaxshi futbolchi" sovrinini olishdan bosh tortdi

Misr davozaboni sovrin homiysi spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lgani uchun sovrindan voz kechdi.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Misr terma jamoasi davozaboni Moxamed el-Shenavi "O‘yinning eng yaxshi futbolchisi" sovrinini olishdan bosh tortdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

JCh-2018 doirasida Misr va Urugvay terma jamoalari orasida o‘tkazilgan o‘yinda el-Shenavi raqibning to‘rtta zarbasini qaytardi. O‘yin 1:0 hisobida Urugvay g‘alabasi bilan yakunlanishiga qaramasdan Misr darvozabani o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Nashr xabariga ko‘ra Moxamed el-Shenavi sovrin homiysi spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniya (Budweiser) bo‘lgani uchun uni olishdan bosh tortgan.