Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari Sharqiy harbiy okrugidagi dala o‘quv maydonlarining birida o‘tgan amaliy mashg‘ulotlar jarayoni qo‘shinlar jangovar tayyorgarligining yangicha usul va uslublari asosida o‘tkazildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati.
Ta’kidlanishicha, mayor Rasulxon Axmedov komandirlik qilayotgan bo‘linma shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan amaliy mashqlarda nafaqat yangicha yondashuvlarga balki shaxsiy tarkib orasida hamjihatlikda harakat qilishni, sog‘lom raqobatbardosh muhitni oshirishga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti, mamlakat Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatidagi Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugga qarashli harbiy qismlardan birida bo‘lganida "bugungi tahlikali murakkab davrda Vatan himoyachilari zimmasida osmonimiz musaffoligi va xalqimiz tinchligini ta’minlashdek o‘ta mas’uliyatli vazifa turganini, harbiy xizmatchilar har qanday tahdid va xavf-xatarlarga qarshi har lahzada tayyor turishi lozimligi"ni qayd etgan edi.