Tramp G7 uchrashuvida Qrim Rossiyaga tegishli ekanligini aytgan – OAV

Tramp “Ukraina dunyodagi eng korrupsiyalashgan mamlakatlardan biri” ekanligini bildirib G7 Kiyevga ko‘rsatayotgan yordamni shubha ostiga olgan
Sputnik

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp “Katta yettilik” (G7) yetakchilariga Qrim Rossiyaga tegishli ekanligini aytgan. Bu haqda BuzzFeed News portali diplomatik manbaga tayanib xabar bergan, deb yozadi RIA Novosti.

Portal suhbatdoshi “u yerda yashaydiganlarning barchasi rus tilida so‘zlashishgani uchun” Tramp Qrimni Rossiyaga tegishli deb hisoblashini bildirgan.

Manba shuningdek, Tramp “Ukraina dunyodagi eng korrupsiyalashgan mamlakatlardan biri” ekanligini bildirib G7 Kiyevga ko‘rsatayotgan yordamni shubha ostiga olganligini aytgan.